TAYYORLOV JARAYONI
TANISHUV
Har bir jarayon shaxsiy konsultatsiya bilan boshlanadi.
NEMIS TILI BILIMI
Birgalikda nemis tilini bilish darajangizni aniqlaymiz.
QIDIRUV
Sizning talablaringiz va ehtiyojingizga mos keladigan ish beruvchini topamiz.
SUHBAT
Potensial ish beruvchi bilan muloqot qila olishingiz uchun suhbat tashkil qilamiz.
MEHNAT SHARTNOMASI
Agar ikkala tomon birgalikda ishlashga qaror qilsalar, sizning mehnat shartnomangiz imzolanadi.
TAN OLISH VA VIZA
Mehnat shartnomasini imzolaganingizdan so’ng, biz sizning kasbiy faoliyatingizni tan olish va viza tartibini amalga oshirishda yordam beramiz.
KELISH VA ISH BOSHLASH
Kelganingizdan so’ng biz sizni ma’muriy tartib-qoidalar, tibbiy sug’urta, bank hisobini ochish va hokazolarda yordam beramiz. Biz sizning yoningizda bo’lamiz va barcha savollaringizga javob beramiz.
INTEGRATSIYA
Yangi ish joyingizga yo’naltirish davomida biz sizga hamroh bo’lamiz va yangi ish beruvchingiz, yangi ish joyingizdagi hayotingiz haqida sizga tegishli barcha muhim ma’lumotlarni taqdim etamiz.
BIZNING TIL AKADEMIYAMIZ
Biz sizni o’qitamiz va yangi ish beruvchi bilan yangi joyda oldingizda turgan vazifalarni bajarishga tayyorlaymiz!
Germaniyada ishlash uchun professional malakadan tashqari nemis tilini ham yaxshi bilish talab etiladi. Shu sababli, biz o’z onlayn til akademiyamizni yaratdik, unda siz til ko’nikmalaringizni rivojlantirishingiz va kengaytirishingiz mumkin. Bizning barcha xizmatlarimiz siz uchun bepul.
Siz nemis tilini turli o’quv darajalarida bepul va qulay tarzda o’rganishingiz mumkin. Sizga kerak bo’lgan yagona narsa – barqaror Internet aloqasi va noutbuk. Biz sizga individual o’quv rejasini tuzishda yordam beramiz va Germaniyaga kelganingizdan keyin qo’shimcha til kurslarini taklif qilamiz.
TALAB QILINADIGAN TIL BILGILARI
B1 til darajasiga erishgandan keyingina kelish mumkin.
B2 til darajasi ishlashga ruxsat olish uchun majburiydir.
«Men RecruitMed til akademiyasida nemis tili bo’yicha ko’nikmalarimni oshirdim. Endi men kasalxonadagi yangi hamkasblarim bilan yaxshi muloqot qila olaman va bu ish jarayonini yanada qiziqarli qiladi».
Sofiya
Radiolog – Argentina
KASBIY E`TIROF
Avvalo, kasbingizning dolzarbligi aniqlanadi, ya’ni, mamlakatingizda olgan kasbingizga eng yaqin nemis kasbi tanlanadi. So’ngra malakangiz tekshiriladi. Muvofiqlik tasdiqlansa, kasb avtomatik ravishda tan olinadi va tasdiqlanadi.
Biroq, Yevropa Ittifoqida o’rganilmagan kasblar uchun odatda yetishmovchilik – kamchilik mavjud.
Ushbu kamchilik bilim testi yoki moslashish kursi orqali qoplanishi mumkin.
Ushbu kompensatsiya chorasi muvaffaqiyatli yakunlangandan so’ng, sizga nemis sertifikati beriladi va sizning kasbiy e’tirofingiz tugallanadi. Sertifikatni qo’lga kiritgach, siz butun Germaniya hududida cheklovlarsiz ishlashingiz mumkin.
Grafikda professional tan olish jarayoni ko’rsatilgan. Umumiy ko’rinish juda soddalashtirilgan va faqat hamshiralarga (shifokorlarga emas) tegishli.
«Men Makedoniyalikman, shifokor va hamshiraman. Germaniyada meni shifokor deb tan olishlari qiyin bo’ldi va uzoq vaqt talab etdi. RecruitMed dastlab mening hamshiralik ta’limimni tan olinishiga yordam berdi. Men bundan juda xursand bo’ldim, chunki bu vanihoyat oilam bilan birlashishimni anglatar edi. RecruitMed men uchun munosib ish beruvchini topdi, u ham mening tibbiy litsenziyamni olishimga yordam berdi. Men bundan rostdan ham xursandman”.
Dimitar
Shimoliy Makedoniyadan rezident shifokor