Anketa ustiga bosing va biz sizga mos ish topamiz.
Bizning e’tiborimiz insonlarga qaratilgan. Biz odamlarni migratsiya orqali Germaniyada yangi imkoniyatlarga ega bo’lishlarini qo’llab-quvvatlaymiz. Chet ellik hamshira sifatida Germaniyada ishlash sizga kelajak uchun ajoyib istiqbollarni taqdim etadi.
Xizmatlarimiz siz uchun bepul!
GERMANIYADAGI ISHINGIZ
Germaniya sog’liqni saqlash tizimida ishlash
Chet elda, ehtimol Germaniyada istiqbol izlayapsizmi?
Siz hamshira, akusher, shifokor va/yoki tibbiy texnik yordamchimisiz?
Unday bo’lsa siz to’g’ri joydasiz.
Biz sizni kerakli ish beruvchilar bilan bog’laymiz. Biz Germaniyada kundalik ish bilan bog’liq muammolarning jiddiyligini va bu muammolarni optimal tayyorgarlik va barqaror integratsiya bilan qanday hal qilishimiz mumkinligini aniq bilamiz.
Germaniyada tibbiyot mutaxassislarining yetishmasligi sezilarli darajada.
Aynan shunday vaziyatlarda biz sizga xizmat ko’rsatamiz, chunki RecruitMedning maqsadi chet ellik mutaxassislarning barqaror va yaxlit migratsiyasi va integratsiyasi orqali Germaniya sog’liqni saqlash tizimi uchun yechim konsepsiyalarini amalga oshirishdir. Biz sizga o’xshagan ish izlovchilarni maslahat, yordam va Germaniyada ishga joylashtirish bilan qo’llab-quvvatlaymiz.
Xizmatlarimiz siz uchun bepul!
NIMA UCHUN GERMANIYA?
Germaniyaga kasbiy ko’chib o’tish qanday imkoniyatlar beradi?
Tibbiy yordam sohasida
Karyera istiqbollari
Sog’liqni saqlash sohasi mutaxassislari uchun malaka oshirish va martaba oshirish uchun ko’plab imkoniyatlar mavjud. Ish beruvchilar, shuningdek, akkreditatsiyadan o’tgan uzluksiz ta’lim va o’quv dasturlarini ilgari suradilar.
Barqaror, zamonaviy ish joylari
Germaniya tibbiyot muassasalari, odatda, texnik va moliyaviy jihatdan juda yaxshi jihozlangan. Shuningdek, ular Germaniyada malakali ishchilar uchun xavfsiz ish o’rinlarini taklif qilishadi. Chunki parvarishga muhtoj odamlar soni doimiy ravishda ortib bormoqda hamda tibbiyot xodimlariga bo’lgan talab o’sib bormoqda.
Ish haqi va boshqa imtiyozlar
Hamshiralik bo’yicha mutaxassislarning ish haqi oyiga 2800 evro (yalpi) atrofida bo’lib, kasbiy tajribaga qarab ortadi. Oylik daromaddan tashqari, ish beruvchilar (Rojdestvo) bonuslari va/yoki ta’til to’lovlari kabi boshqa ko’plab qo’shimcha imtiyozlarni taklif qilishadi. Aslini olganda, Germaniya ko’plab ijtimoiy imtiyozlar taklif qiladi, masalan, sog’liqni saqlash, pensiya yoki ishsizlik sug’urtasi.
Oila va fuqarolik
Germaniyada oilalar bolalarga davlat tomonidan beriladigan nafaqa va bepul ta’lim orqali qo’shimcha yordam olishlari mumkin. Bundan tashqari, turmush o’rtog’ingiz ham Germaniyada ishlash uchun ruxsatnoma oladi. Germaniyada sakkiz yillik doimiy va qonuniy yashashdan so’ng Germaniya fuqaroligini olish mumkin.
“Germaniyaga kelganimda hali hamshiralik tajribasiga ega emas edim. RecruitMed tufayli men Tunisdagidan farq qiladigan yangi sinovlarga yaxshi tayyorlandim. Kelishdan oldingi mashg‘ulotlar va o’z o’rnidagi qo‘llab-quvvatlashlar menga katta yordam berdi”.
Karima
Akusher – Tunis
BIZ KIMNI IZLAYAPMIZ
Tibbiy hamshiralik kasblari
- Hamshiralar va sanitarlar
- Tibbiy texnik radiologiya yordamchisi
- Qariyalar hamshiralari
- Fizioterapevtlar
- Tug‘ruqxona hamshiralari/akusherlar
Barcha ixtisoslikdagi shifokorlar
- Katta shifokorlar
- Mutaxassislar
- Yordamchi shifokorlar
BIZ KIMLARNI ISHGA JOYLAYMIZ
Bizning milliy mijozlar tarmog’imiz
Biz sizni bevosita ish beruvchilar bilan birgalikda davlat muassasalarida: universitet klinikalarida, kasalxonalarda va qariyalar uylarida doimiy ish o’rni bilan ta`minlaymiz.
Bizning mijozlarimiz keng tibbiy mutaxassislik doirasiga ega zamonaviy tibbiyot muassasalaridir.
Mutaxassislikga ega bo’lish va rivojlanish uchun yaxshi imkoniyatlar. Xodimlarni uzoq muddat ushlab turish,kasbiy e`tirof, integratsiya hamda oilangiz bilan sizni birlashtirish biz va yangi ish beruvchingiz tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanadi.
O’ZINGIZ BILAN NIMA OLISH KERAK
Sizning motivatsiyangiz va malakangiz
Germaniyada uzoq muddat yashash istagi
Yangi ish beruvchingiz sizga sarmoya kiritishga tayyor, bu vaqt va moddiy shakldagi uzluksiz investitsiyasini anglatadi. Biz sizdan Germaniyada va yangi ish beruvchingiz bilan uzoq muddatda ishlash uchun jiddiy niyatga ega ekanligingizni chin dildan kutib qolamiz.
Tibbiyot yoki hamshiralik ishi bo'yicha tamomlangan oliy ma'lumot
Germaniyada hamshiralar va shifokorlarning kasblari «tartibga solinadigan kasblar» dir. Demak, bu kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash davlat tomonidan tartibga solinadi. Shu sababli, chet ellik da’vogarlarning chet elda olgan malakalari Germaniyada tan olinishi kerak. Shundan keyingina siz professional litsenziyaga ariza topshirishingiz va qo’lga kiritishingiz mumkin.
Birinchi navbatda nemis tilini oʻrganish kerak
Nemis tilini o’rganish juda oson! Bizning mukammal ichki til akademiyamizda o’quv dasturini ehtiyojlaringizga ko’ra ishlab chiqqan holda sizga to’liq yordam taqdim etamiz. Nemis tilini bilish viza olish uchun eng asosiy shart hisoblanadi.
Germaniya va nemis madaniyatiga qiziquv
Immigrant mamlakat madaniyati va urf-odatlariga ochiq bo’lsa, yangi mamlakatda hayotga moslashish yanada muvaffaqiyatli kechishi isbotlangan. Biz siz kelishingizdan oldinoq, sizga mamlakatimiz, uning xalqi va madaniyati haqida ma’lumot berishdan mamnun bo’lamiz.
Va bir oz jasorat
Boshqa mamlakatda yangi hayot – oila va do’stlarni ortda qoldirib, yangi sarguzashtlar boshlashni anglatadi.
Bu siz haqingizdami?